Yangiliklar

Nursulton Nazarboyevning turmush o‘rtog‘i og‘ir ahvolda

Olmaota shahridagi shifoxonalardan birida davolanmoqda
Sara Nazarboyeva
Foto: Tengrinews.kz

Nursulton Nazarboyevning turmush o‘rtog‘i Sara Nazarboyevaning ahvoli keskin yomonlashgan. Bu haqda Kursiv nashri xabar bermoqda.

Ayni paytda sobiq prezidentning rafiqasi Olmaota shahridagi shifoxonalardan birida davolanmoqda.

Sara Nazarboyeva bolalar huquqlari va tarbiyasi bilan bog‘liq ko‘plab tashabbuslar muallifi. 1941-yil 12-fevralda tug‘ilgan. Qozoq jamoat arbobi, «Bobek» milliy jamg‘armasi asoschisi va prezidenti. «Bobek» respublika o‘quv-sog‘lomlashtirish markazini 1997-yilda tashkil etgan. Dastlab bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu muassasa vaqt o‘tishi bilan keng ko‘lamli xizmat ko‘rsata boshladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan xorijiy investorlar uchun yangi «oltin viza» tartibi joriy qilingani haqida yozgan edi.