Nvidia bosh direktori maoshi $1,5 millionga yetdi

Sun’iy intellekt sohasidagi yuksalish tufayli kapitalizatsiyasi $3 trlnga yetgan Nvidia kompaniyasi bosh direktori Jensen Xuangning maoshini 50 foizga oshirdi. Bu haqda WCCF nashri ma’qildi.
Endilikda uning oyiga oladigan bazaviy maoshi $1,5 mlnni tashkil etadi. Joriy moliyaviy yilda uning umumiy daromadi $49,9 mln bo‘lishi kutilmoqda, bu miqdorning katta qismi kompaniya aksiyalaridan iborat.
Taqqoslash uchun, Nvidia xodimlarining o‘rtacha yillik ish haqi $300 mingni tashkil etadi. Xuang esa ularning ish haqidan 166 barobar ko‘proq daromad olmoqda. Bu kompaniya o‘sish sur’atlarini hisobga olganda, asosli qaror sifatida baholanmoqda.
Hozirda Xuang $97,9 mlrd boylik bilan Bloomberg milliarderlari ro‘yxatida 17-o‘rinni egallamoqda. Biroq kompaniya Xitoy kabi asosiy bozorlar bilan bog‘liq siyosiy bosimlar tufayli yangi muammolarga duch kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei 3,6 baravar katta xotirali superkompyuterini taqdim etgan edi.