
«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 25-apreldan 2-maygacha boʻlgan davrda turli dinamikani koʻrsatib, UCI fond indeksi 2 foizga oshdi.
Eng katta o‘sishni «Kvarts» aksiyalari qayd etdi (+7,39%). Shuningdek, «Olmaliq KMK» (+4,39%) va «Aloqabank» imtiyozli aksiyalari (+3,85%) ham yetakchi o‘suvchilar safidan joy oldi.

Aksiyalarining eng katta qadrsizlanishi «Kapital Sug’urta» (-50%) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, «Qizilqumsement» (-2,28%) va «Aloqabank» oddiy aksiyalari (-2,22%) sezilarli pasayishni ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yilning birinchi choragida «Toshkent» respublika fond birjasining sof foydasi 4,6 milliard so‘mga yetgani haqida yozgan edi.