O‘zbekiston Rossiyada fuqarolar huquqlarining buzilishidan xavotirda

eʼlon qilindi
Muammoni respublika Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi bilan muhokama qilgan
Migrantlar
O‘zbekiston Rossiyada fuqarolar huquqlarining buzilishidan xavotirda / Foto: Unsplash

O‘zbekiston Rossiyada mehnat qilayotgan o‘z fuqarolari huquqlarining buzilishi holatlari ko‘payib borayotganidan xavotirda. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Akmal Burxanovning ma’lum qilishicha, Rossiya tomonidan o‘zbekistonliklarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari ham qayd etilgan.

Bu masala Tashqi ishlar vazirligida vazir o‘rinbosari Bobur Usmonov va Rossiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Oleg Malginov o‘rtasida muhokama qilingan.

Tomonlar Toshkent va Moskva o‘rtasidagi konsullik-huquqiy sohadagi o‘zaro hamkorlikning yuqori darajasini qayd etgan.

Har ikki davlat migratsiya masalalarini doimiy ravishda muhokama qiladi. O‘zbekistonliklarni Rossiya Federatsiyasida ishlash uchun o‘qitish shular jumlasidandir.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Rossiya Dumasi mehnat muhojirlariga yangi talablar kiritishni taklif qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek