Yangiliklar

Samarqandda birinchi Xalqaro paraplan festivali bo‘lib o‘tadi

10-11-may kunlari
Foto: Alexandra Lande / depositphotos.com

10-11-may kunlari Samarqand viloyati Urgut tumanida ilk bor Xalqaro paraplan festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Ushbu festivalni o‘tkazishdan maqsad ekstremal turizm turlarini ommalashtirish hamda xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirishdan iborat.

Foto: PantherMediaSeller / depositphotos.com

Festival Andak mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Unda 10 ga yaqin davlatlardan kelgan 70 ga yaqin ishtirokchilar qatnashadi.

Dastur davomida paraplan shoulari va musobaqalari, gastronomik ko‘rgazmalar, konsertlar, milliy o‘yinlar va qiziqarli musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan gullar festivalida Toshkentning qaysi ko‘chalari yopilishi haqida yozgandi.