Sirdaryo viloyatida 3 ta chorvachilik majmuasi tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Zamonaviy paxta maydonlari ham
Sirdaryo viloyatida 3 ta chorvachilik majmuasi tashkil etiladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yig‘ilishda tumanlardagi salohiyat o‘rganilib, hosildorlikni oshirish, suv ta’minotini yaxshilash, yer resurslarini samarali foydalanish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. Xususan, 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish, 3 ta chorvachilik majmuasi va zamonaviy paxta maydonlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2 ming gektar bog‘ yangilanib, eksportbop mevalar yetishtirish ko‘zda tutilgan. «O‘ng tarmoq» kanalining 607 km qismini raqamlashtirish orqali suv tejash va 27 ming gektar maydonni sug‘orish yaxshilanadi.

Davlat rahbari hosildorlikni oshirish, bandlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent janubiy vokzalidan hududlarga kunlik reyslar yo‘lga qo‘yilgan edi.

Shuningdek