“TOP-100” universitetlarga o‘qishga kirganlarga imtihonsiz stipendiyalar ajratiladi

eʼlon qilindi
Grant asosida kirilganda
«TOP-100» universitetlarga grant asosida o‘qishga kirganlarga imtihonsiz stipendiyalar ajratiladi / Foto: Edutopia

Shavkat Mirziyoyev istiqbolli kadrlarni xorijda o‘qitish va qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uga ko‘ra, taqdimotda «El-yurt umidi» jamg‘armasi faoliyatini kengaytirish va uni Prezident huzuridagi maxsus tashkilot sifatida qayta tashkil etish taklif qilindi.

Bugungi kungacha jamg‘arma orqali 2225 nafar yoshlar 45 davlatdagi nufuzli oliygohlarga yuborilgan. Ularning 1900 nafari O‘zbekistonga qaytib, davlat boshqaruvi, tibbiyot, ta’lim va iqtisodiyot sohalarida faoliyat yuritmoqda. Hozirda esa 748 nafar stipendiat «TOP-300» ro‘yxatidagi universitetlarda tahsil olmoqda.

Yangi tizimga ko‘ra, «TOP-100» universitetlarga grant asosida o‘qishga kirganlarga imtihonsiz stipendiyalar ajratiladi, «TOP-300» ro‘yxatdagilarga xalqaro yo‘l haqi va yashash xarajatlari qoplab beriladi hamda «TOP-20»dagi universitetlarga kirgan prezident maktabi bitiruvchilari tanlovsiz stipendiya bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, davlat xizmatchilari xorijda olti oygacha bo‘lgan stajirovkalarga yuboriladi, akademik dasturlar zamonaviy talablarga mos tarzda modernizatsiya qilinadi. Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi qoshida to‘rtta yangi markaz, jumladan, davlat boshqaruvi muammolarini tadqiq etuvchi markaz tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Work and travel qatnashuvchilariga 15 mln so‘m miqdorida foizsiz ssuda ajratilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek