Toshkent metrosida ilk bor ayol mashinistlar ish boshladi

eʼlon qilindi
Bu uchun 16 nafar xodima tanlab olindi
Toshkent metrosida ilk bor ayol mashinistlar ish boshladi / Foto: «Toshkent metropoliteni» DUK

Toshkent metropolitenida ilk bor ayollar elektropoyezd mashinisti sifatida ish boshladi. Bu haqda Nigoh sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, mazkur lavozimga ilgari metro tizimida faoliyat yuritgan 16 nafar xodima tanlab olindi.

Hozirda ayol mashinistlar murabbiylar nazorati ostida harakatlanmoqda. Yaqin kunlarda esa ular poyezdlarni mustaqil boshqarishni boshlashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xotin-qizlar uchun avtobus boshqarish bo‘yicha bepul o‘quv kurslari tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek