Trampning Papa obrazidagi sun’iy intellektli surati katoliklar noroziligiga sabab bo‘ldi

eʼlon qilindi
Surat o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘iga yuklangan edi
Trampning Papa obrazidagi sun’iy intellektli surati katoliklar noroziligiga sabab bo‘ldi / Foto: oxu.az

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zini Papa obrazida tasvirlagan sun’iy intellekt yordamida yaratilgan suratni ijtimoiy tarmoqqa joyladi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, suratda u oq libosda, papa bosh kiyimi bilan ko‘rsatilgan. Bu hazil ohangidagi post Papa Fransiskning dafn marosimidan ko‘p o‘tmay, konklav arafasida chiqishi katoliklar orasida norozilik uyg‘otdi.

Filippinlik kardinal Pablo David rasmga «Bu hazil emas, janob» deya tanqid bildirgan bo‘lsa, Nyu-York arxiyepiskopi Timoti Dolan buni «yaxshi ish emas» deb baholadi. Italiya matbuoti Trampni «infantil» va «megaloman» deb atadi. AQShdagi katolik tashkilotlari ham bu suratni hurmatsizlik deb baholadi.

Shunga qaramay Tramp jamoasi buni oddiy hazil deb oqladi, Oq uy esa uni katoliklar tarafdori sifatida himoya qildi. Bu Trampning sun’iy intellektli kontent bilan bog‘liq ilk mojaro emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp 8-mayni G‘alaba kuni deb e’lon qilgan edi.

Shuningdek