
6-may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 40° gacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Toshkent shahrida havo ochiq, shamol 3-8 m/s atrofida esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi esa 34-36° gacha ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar bo‘lishi ehtimoli bor. Harorat kunduzi 33-38° atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida issiq ob-havo hukm suradi – kunduzgi harorat 40° gacha ko‘tarilishi mumkin.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo barqaror, kunduzgi harorat 33-38° oralig‘ida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ham shiddatli issiq kutilmoqda – harorat 35-40° atrofida.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz salqinroq – kunduzgi harorat 32-37° oralig‘ida saqlanadi.
Tog‘li hududlarda esa nisbatan salqin, kunduzgi harorat 23-28° bo‘lishi kutilmoqda.