Bayram kunlari uchun qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
eʼlon qilindi
Yo‘lovchilar oqimi ko‘payishini inobatga olgan holda

«Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan 2025-yil 8-maydan 11-maygacha «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdi qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur qatnovlar 775/776-sonli «Samarqand — Toshkent — Samarqand» yo‘nalishida tashkil etiladi.
Qo‘shimcha poyezd har kuni soat 10:55 da Samarqanddan Toshkentga yo‘lga chiqadi va soat 13:15 da poytaxtga yetib boradi. Toshkentdan qaytish esa soat 13:56 da bo‘lib, poyezd 16:14 da Samarqandga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent – Sariosiyo aviaqatnovlari yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edik.