Avto

Chevrolet Trailblazer avtomobili Amerikada qanday narxda sotilmoqda

Chevrolet Trailblazer avtomobili
Chevrolet Trailblazer avtomobili Amerikada qanday narxda sotilmoqda / Foto: GM Autority

Chevrolet Trailblazer avtomobili AQShda bir nechta o‘zgarishlar bilan taqdim etilmoda. Yangilangan modelning narxi $24,3 mingdan boshlanadi. Bu haqda GM Autority nashri xabar bermoqda.

Trailblazer ikki xil turbo quvvatli dvigatel bilan taqdim etiladi. Birinchisi, 1,2 litrli I3 LBP motor bo‘lib, 137 ot kuchi va 162 funt-fut aylanish momentiga ega. Ikkinchi variant – 1,3 litrli I3 L3T benzinli dvigatel bo‘lib, 155 ot kuchi va 174 funt-fut moment ishlab chiqaradi.

Foto: GM Autority

Yangi modelda oldingi g‘ildirakdan haydovchi va to‘liq g‘ildirakli drayv varianti mavjud. Chevrolet ma’lumotiga ko‘ra, 2025 Trailblazer maksimal 1000 funtgacha yuk ko‘tara oladi.

LS va LT komplektatsiyalari uchun boshlang‘ich narx o‘zgarmagan. Ammo RS va Activ modellarida narx 600 dollarga oshirilgan. Bundan tashqari, Chevrolet barcha modellar uchun yuk tashish to‘lovini 100 dollarga oshirib, 1395 dollar qilib belgiladi.

Foto: GM Autority

Quyidagi jadvalda modelning narxlari bilan tanishishingiz mumkin:

KomplektatsiyaNarxi
LS$24 395
LT$25 595
RS$28 995
Activ$28 995

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobaltning tarixi haqida maqola chop etgan edi.