
Iqtidorli kadrlarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi «El-yurt umidi» jamg‘armasiga Gulnoza Ismoilova ijrochi direktor etib tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari farmonida qayd etildi.
Shuningdek, Jasur Salixov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «TOP – 100» universitetlarga o‘qishga kirganlarga imtihonsiz stipendiyalar ajratilishi haqida yozgan edik.