
Jeep o‘zining ixcham SUV segmentidagi yetakchi modeli – Jeep Compass’ni tubdan yangiladi. Bu haqda Carcoops nashri ma’lum qildi.
Yangi Jeep Compass Stellantis’ning STLA Medium platformasida qurilgan. Peugeot 3008, Opel Grandland va Citroen C5 Aircross kabi boshqa modellarga o‘xshash bazani ulashadi. O‘lchamlari ham oldingisidan katta: uzunligi 4550 mm, kengligi 1928 mm va g‘ildirak bazasi 2795 mm ga yetdi. Salon ichida oyoq uchun qo‘shimcha 55 mm joy va yukxona hajmida 45 litr ortish kuzatildi.






Foto: Jeep
Dizayn jihatdan Compass o‘tkir chiziqlar, ingichka LED chiroqlar va zamonaviy panjara panjurlari bilan ajralib turadi. Tanlov uchun oltita tabiiy rang mavjud: Gavayi yashil, Tinch okeani moviy, Antarktida oq, Amazoniya jigarrang, Yosemit kulrang va qora vulqon.
Ichki qism ham modernizatsiya qilindi. 10 dyuymli raqamli asboblar paneli va 16 dyuymli axborot-ko‘ngilochar ekran haydovchini kutmoqda. Markaziy konsol zamonaviy tugmalar va alyuminiy bezaklar bilan jihozlangan.







Foto: Jeep
Asosiy e’tibor elektrlashtirishga qaratilgan. Jeep Compass xaridorlariga 145 ot kuchiga ega 48V gibrid, 195 ot kuchiga ega plug-in gibrid va 213 ot kuchidan 375 ot kuchigacha bo‘lgan to‘liq elektr versiyalarni taklif qiladi. 375 ot kuchiga ega to‘liq g‘ildirakli (AWD) model yangi, qudratli orqa elektr motor bilan ta’minlanib, qo‘shimcha 49 kVt quvvat va 232 Nm moment beradi. Ushbu versiyada yo‘lga yaroqlilik burchaklari va tuproqdan balandlik ko‘rsatkichlari ham yaxshilandi.







Foto: Jeep
Jeep Compass’ning birinchi nashri allaqachon Yevropada buyurtmaga ochilgan bo‘lib, 2025-yilning to‘rtinchi choragida yetkazib berilishi kutilmoqda. Italiyada ishlab chiqarish shu yil oxirida boshlansa, Shimoliy Amerikada ishlab chiqarish 2026-yildan yo‘lga qo‘yiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda yangi Jeep Cherokee taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.