Yangiliklar

Karmana tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

FVV
Foto: FVV

6-may kuni soat 05:15 da Navoiy viloyati, Karmana tumani, «Arg‘un» MFY, Arg‘un shoh ko‘chasida joylashgan savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Vazirlikka ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 05:18 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘inni soat 05:50 da qurshab olgan. Yong‘in 06:24 da bartaraf etilgan.

Holat oqibatida savdo majmuasining 200 kv.m maydoni ichki qismi hamda mahsulotlari yongan.

Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta asosiy turdagi hamda 1 ta maxsus turdagi texnika jalb etilgan.

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Kursiv Uzbekistan nashri 1-may kuni Toshkent shahridagi «Yakkasaroy» kichik sanoat zonasida joylashgan sintetik plomba ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.