1-sentabrgacha markaziy va sohaviy antifrod tizimlari joriy qilinadi

eʼlon qilindi
Har yili noyabr oyi «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» deb e’lon qilindi
Foto: depositphotos.com

Har yil noyabr oyida respublika miqyosida «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» o‘tkaziladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.

Bu davrda aholining kiberxavfsizlik bo‘yicha xabardorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Har oy yakunida eng ko‘p kiberjinoyatlar aniqlangan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxati ommaga e’lon qilinadi.

Shuningdek, Markaziy bank 2025-yil 1-sentabrgacha quyidagi choralarni amalga oshiradi:

  • Banklar, to‘lov tizimi operatorlari va kredit byurolarining tranzaksiyalarini yagona platformaga integratsiya qilish;
  • Markaziy va sohaviy antifrod tizimlarini to‘liq joriy etish.

Moliyaviy piramida alomatlariga ega firibgarlik sxemalari aniqlanganda, Markaziy bank bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tezkor xabar beradi.

Shu bilan birga, internet va ijtimoiy tarmoqlarda kiberjinoyatlar to‘g‘risida maqsadli ogohlantiruvchi reklamalar bepul tarqatiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan voyaga yetmaganlar uchun bank kartasini ochishga yangi talablar joriy etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek