Marketpleyslar foydalanuvchilarni boj tariflari oshirilgani haqida ogohlantirishni boshladi

1-maydan boshlab O‘zbekiston fuqarolari qiymati $200 gacha bo‘lgan tovarlarni marketpleyslar orqali bojxona to‘lovisiz olib kirishlari mumkin. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.
Bu kabi ogohlantirish xabari Kursiv Uzbekistan muxbiriga ZoodMall kompaniyasi tomonidan yuborildi.
Kompaniyaning mijozlarga xabar berishicha, yangi tartibga ko‘ra, $200 dan oshgan buyurtmalarning faqat oshgan qismidan 30 foiz miqdorida boj undiriladi. Ya’ni xaridor faqat belgilangan limitdan yuqori bo‘lgan summaga nisbatan bojxona to‘lovi to‘laydi.
Mazkur o‘zgarish xalqaro onlayn xaridlar uchun belgilangan limitni aniq ko‘rsatib beradi va xaridorlarga bojxona jarayonlarini oldindan rejalashtirish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, kompaniya mijozlarga bojxona talablariga rioya qilish, buyurtma summasi va yetkazib berish shartlarini diqqat bilan o‘rganishni tavsiya qilmoqda.
ZoodMall vakillarining qayd etishicha, ushbu o‘zgarishlar barcha yetkazib beriladigan tovarlarga tegishli bo‘lib, tovarning umumiy narxi, yetkazib berish va boshqa xarajatlarni hisobga olmagan holda baholanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tovarlarni bojsiz olib kirish normasi qisqarish sababi ochiqlangani haqida xabar bergan edi.