OPPO Reno14 seriyali mobil telefonlari rasman e’lon qilindi

6-may 2025 09:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
OPPO
OPPO Reno14 seriyali mobil telefonlari rasman e’lon qilindi / Foto: WBZA

OPPO rasman OPPO Reno14 seriyasi shu oyda chiqarilishini e’lon qildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Mobil telefonlardan tashqari, OPPO bir vaqtning o‘zida Enco Clip quloqchinli minigarnitura va Pad SE planshet kompyuterini ham chiqaradi. Planshet 11 dyuymli LCD displey, Dimensity G100 protsessori (Helio G100 bo‘lishi kutilmoqda), 9340 mA/soat akkumulyator + 33 Vt tez zaryadlovchi, korpus qalinligi 7,39 mm va og‘irligi 530 grammni tashkil etadi.

Rasmiy taklifnomaga ko‘ra, ushbu modellar seriyasi 15-may kuni Chjuxayda rasman chiqariladi.

Foto: ITHome

Ma’lumot o‘rnida OPPO Reno13 seriyali mobil telefonlari o‘tgan yilning noyabr oyida chiqarilgan. Pro va standart versiyalari ham Dimensity 8350 protsessorlari bilan jihozlangan. Standart versiya $371 dan, Pro versiyasi esa $467 dan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri OPPO K12s smartfoni bir qancha yangilik va qo‘shimcha texnik xususiyatlar bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek