Yangiliklar

Paraplan festivalida Samarqand viloyatidagi eng uzun kabob tayyorlanadi

Gastronomik ko‘rgazmalar doirasida
Paraplan
Paraplan festivalida Samarqand viloyatidagi eng uzun kabob tayyorlanadi / Foto: tripadvisor

Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro paraplan festivalida eng uzun kabob tayyorlanadi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

10-11-may kunlarida Samarqandning Urgut tumanida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan paraplan festivalida nimalar bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi.

Festival ochilish marosimidan so‘ng paraplanistlar tomonidan shou dasturlari tashkil etiladi. Shuningdek, gastronomik ko‘rgazmalar doirasida eng uzun kabob tayyorlash jarayoni bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, festival dasturidan milliy qo‘shiqlar dasturi va hunarmandlar ko‘rgazmasi o‘rin olgan.

Festival yakunida yarmarka ishtirokchilari taqdirlanadi.

Quyida dastur berilgan:

Foto: Turizm qo’mitasi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda birinchi Xalqaro paraplan festivali bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edi.