Prezident Xitoy rahbariga hamdardlik bildirdi

eʼlon qilindi
Prezident Xitoy rahbariga hamdardlik bildirdi / Foto: President.uz

Xitoyning Guichjou provinsiyasida yuz bergan fojiali hodisa oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, prezident halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yil 4-may kuni Xitoyning Guichjou provinsiyasida ikki sayyohlik qayig‘i ag‘darilib, uch kishi halok bo‘ldi, 60 kishi shifoxonaga yotqizildi. Xabarlarga ko‘ra, Qianxi shahridagi daryoda taxminan 70 kishi suvga tushib ketgan.

Foto: AP News

Hozirda 14 kishi bedarak yo‘qolgan bo‘lib, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Xitoy rahbari Si Szinpin jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish va qutqaruv ishlarini kuchaytirishni buyurdi.

Bu hodisa Xitoyda so‘nggi ikki oy ichida sodir bo‘lgan navbatdagi qayiq fojiasi bo‘ldi. Fevral oyida Hunan provinsiyasida shunga o‘xshash halokatda 11 kishi halok bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev va Vladimir Putin boʻlajak uchrashuvlar rejasini muhokama qilgan edi.

Shuningdek