
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov jurnalistlarga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatini oshkor qildi. Bu haqda Chechnya Today nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, u o‘zining iste’foga chiqishi haqidagi mish-mishlarga ham munosabat bildirgan. Qodirov bu xabarlarni eshitganini aytib, aslida o‘zi lavozimdan ketishni so‘raganini ma’lum qildi. U yangi rahbarning o‘z g‘oyalari va tashabbuslari bo‘lishiga umid qilayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, Qodirov Putindan olgan maslahati xususida gapirdi:
«Vladimir Vladimirovich menga shunday maslahat bergan edi: agar juda jahling chiqsa, shu fikr bilan uyquga yot. Jahling bosiladi va hammasi yaxshi bo‘ladi. Men ham shunday qilaman – bari joy-joyida», – dedi Checheniston rahbari.
U, shuningdek, «G‘alaba topoli» aksiyasida ishtirok etganini ham eslatib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Rossiya armiyasiga 160 ming askar chaqirgan edi.