Sirtqi ta’limga qabul bekor qilinadi

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatiladi. Bu prezident farmoniga asosan amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari uchun qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Endi oliy ta’lim muassasalarida muqobil shakldagi qabul umumiy kvotalari kunduzgi ta’lim qabulining 50 foizidan oshmasligi belgilandi. Shuningdek, magistratura bosqichida muqobil shaklda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga ruxsat beriladi.
Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimiga asoslangan part-time (ma’qullashtirilgan kunduzgi) ta’lim shakli joriy qilinadi. Muqobil shakllarda talaba qabul qilish belgilangan normadan oshsa, bu litsenziya talablarini buzish deb hisoblanadi va litsenziya bekor qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pekin texnologiya instituti Toshkentda o‘z filialini ochishi haqida yozgan edik.