Superkar Jaguar Type 00 namoyish etildi

6-may 2025 09:59 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Type 00
Superkar Jaguar Type 00 namoyish etildi / Foto: Jaguar

Jaguar o‘zining yangi kontsept-kar modeli Type 00 ni Monako qirg‘oqlarida taqdim qildi. Bu haqda 32cars nashri malum qildi.

Ultra hashamatli avtomobil maxsus suzuvchi terassada joylashtirilib, O‘rta yer dengizi fonida fotosessiya markaziga aylandi. Parijdagi moda haftaligida ilk bor namoyish etilgan bu avtomobil endi Kot-d’Azurda tanlangan mehmonlar uchun eksklyuziv tadbir markazida ko‘rsatildi.

Mehmonlar kontsept-kar dizaynidagi noyob frantsuz ultramarin metall va atlas qoplamasini baholash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Jaguar vakillarining aytishicha, Type 00 750 kilometrgacha masofa bosishi va 550 ot kuchidan ortiq quvvatga ega bo‘lishi kutilmoqda. Avtomobilning boshlang‘ich narxi $200 mingdan belgilanishi rejalashtirilgan.

Jaguar ushbu kontseptsiya brendning eksklyuzivlik va avangard hashamat sari yangi yo‘nalishini ifodalayotganini ta’kidladi. Avtomobil birinchi bor 2024-yil dekabrida Mayamidagi san’at haftaligida namoyish etilgan bo‘lib, o‘shandan buyon Barri Keoghan va Zoe Saldana kabi mashhurlarni moda tadbirlariga olib borgan. Type 00 ning to‘liq ishlab chiqarish modeli 2026-yilga mo‘ljallangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Audi va Jaguar Land Rover kompaniyalari AQSHga avtomobil yetkazib berishni toʻxtatgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek