Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi
eʼlon qilindi
Agentlik ushbu yo‘nalishdagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi

Prezident farmoni bilan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi va u ushbu yo‘nalishdagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi bosqichlardagi ta’lim muassasalarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi.
Kompleks akkreditatsiya har 5 yilda tashqi baholash natijalariga asoslanadi, maxsus akkreditatsiya esa yangi o‘quv dasturlari bo‘yicha darslar boshlanishidan oldin amalga oshiriladi. Agentlik, shuningdek, bitiruvchilarning mehnat bozoriga mosligini aniqlash maqsadida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini ham o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sirtqi ta’limga qabul bekor qilinishi haqida yozgan edik.