Avto

Toyota Camry 2026 avtomobili taqdim etildi

Toyota
Foto: Toyota

Toyota Camry 2026 5,1 litr yoqilg‘i sarfi bilan taqdim etildi. Bu haqda Toyota xabar bermoqda.

Toyota Camry 2026 yilgi modeli gibrid tizimning 5-avlodi bilan jihozlangan. Old g‘ildirakdan tortuvchi versiyada 225 ot kuchi, to‘liq yurituvchisida esa 232 ot kuchi mavjud. Hatto to‘liq yurituvchisida ham yoqilg‘i sarfi 100 km uchun atigi 5,1 litrni tashkil etadi.

Foto: Toyota
Foto: Toyota
Foto: Toyota
Foto: Toyota

Avtomobilning tashqi ko‘rinishi yangi «Dark Cosmos» (tumanli ko‘k) rangida taklif etiladi. Bu rang SE, XLE va XSE komplektatsiyalari uchun mavjud. Bundan tashqari, Nightshade Edition talqini qora detal va 19 dyuymli disklari bilan ajralib turadi.

Foto: Toyota

Salon an’anaviy boshqaruv uslubini saqlagan: ko‘plab jismoniy tugmalar avtomobil funksiyalarini qulay boshqarishga imkon beradi. Ichki qismi qora rangda SofTex materiali bilan qoplangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toyota kompaniyasi Camry 2025 mashhur sedan modelining yangi versiyasini taqdim etgani haqida yozgan edi.