7-may kuni issiq va biroz shamolli ob-havo hukm suradi

7-may kuni O‘zbekiston hududlarida asosan biroz bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, respublikaning ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahrida havo ochiq bo‘ladi, harorat kunduzi 36-38° gacha ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo biroz salqinroq: kunduzi 28-33°, ammo ba’zi joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida jazirama kuzatiladi – harorat 35-40° atrofida bo‘ladi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda ham issiq davom etadi – 33-38° oralig‘ida.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida havo nisbatan yumshoqroq bo‘lib, harorat 32-37° atrofida saqlanadi.
Tog‘li hududlarda esa salqin ob-havo saqlanadi – kunduzi 23-28°, kechasi 10-15° bo‘ladi.