9-may kuni Mirziyoyev va Putin nimani muhokama qilmoqchi

eʼlon qilindi
Moskvadagi uchrashuvda
Foto: Prezident matbuot xizmati

9-may, juma kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda «RIA Novosti» nashri xabar bermoqda.

Prezidentlar o‘tgan haftadagi telefon muloqoti davomida mazkur uchrashuvni o‘tkazishga kelishib olgan.

9-may kuni bo‘lib o‘tadigan suhbatning asosiy mavzusi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘ladi.

Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Moskvaga 29 davlat rahbari tashrif buyuradi. Shu kuni Rossiya prezidenti Slovakiya, Serbiya va Braziliya yetakchilari bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv G‘alaba kuni munosabati bilan rasmiy tadbirlar dasturidagi yakuniy uchrashuv bo‘ladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston harbiylari Moskvada o‘tkaziladigan paradda ishtirok etishi haqida yozgandi.

Shuningdek