Davolash yo‘llanmalari uchun 1,1 trln so‘m ajratildi

eʼlon qilindi
Elektron tanlov orqali bemor o‘zi qulay klinikani tanlaydi
Davolash yo‘llanmalari
Davolash yo‘llanmalari uchun 1,1 trln so‘m ajratildi / Foto: serezniy / www.depositphotos.com

Bu yil elektron yo‘llanma asosida davolanish uchun Davlat budjetidan 1,1 trln so‘m ajratilmoqda. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, hududlarga ajratiladigan mablag‘lar ulushi 14 foizdan 30 foizgacha oshiriladi.

O‘tgan yili bu raqam 100 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘lsa, bu yil 350 mlrd so‘mga yetkaziladi. Elektron yo‘llanma berish va taqsimlash tizimi ham tubdan yangilanadi. Yo‘llanmaga kiritilgan kasalliklar bo‘yicha yagona bazaviy narx belgilanadi. Bemorga berilgan yo‘llanma yagona elektron platformaga joylashtiriladi va bu platformada respublika markazlari, boshqa viloyatlardagi davlat hamda xususiy klinikalar ishtirok etadi.

Shifoxonalar yo‘llanma bo‘yicha bemorni qachon qabul qilishi, qanday davolashi, zarur bo‘lsa, shifokorni bemor hududiga yuborib davolash imkoniyati haqida takliflar beradi. Bemor esa takliflar ichidan o‘ziga eng maqbulini tanlaydi.

Prezidentning ta’kidlashicha, bu tizim respublika markazlari va hududiy shifoxonalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlaydi. Shu bilan birga, tibbiy sug‘urta tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ham qaror loyihasi tayyorlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oylik va kasallik varaqasi bo‘yicha ma’lumotlar uchun yangi tizim ishga tushgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek