Dollar kursi yana tushdi

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 7-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 910,15 so‘mni tashkil etib, oldingi kun bilan solishtirganda 14,77 so‘mga pasaydi.
Dollar kursi haftani yuqorilash bilan boshladi: 5-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 938,01 so‘mni tashkil etib, 2-may bilan solishtirganda 22,94 so‘mga oshgan edi. 6-may kuni esa o‘rtacha kurs 12 924,92 so‘mni tashkil etib, 13,09 so‘mga pasaydi.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra yevro 40,10 soʻmga yuqorilab, 14 660,77 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,16 soʻmga tushib, 159,78 soʻmga teng boʻldi.
Mamlakatdagi tijorat banklari 7-may kuni bir AQSh dollarini 12 850 – 12 920 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 920 – 12 985 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.