Janubiy Koreyaning arzon aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
23-maydan
Foto: Windmemories

23-maydan boshlab Janubiy Koreyaning T’way Air arzon aviakompaniyasi Seul – Toshkent – Seul yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Uzbekistan Airport matbuot xizmati xabar berdi.

Parvozlar haftasiga to‘rt marotaba – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Yo‘lovchilarni Boeing 777-300 va Airbus A330-300 rusumidagi samolyotlar tashiydi.

T’way Air 2010-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh ofisi Seul shahrida joylashgan. Kompaniya Janubiy Koreyada faoliyat yurituvchi yirik budjet aviakompaniyalardan biri hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzbekistan Airways Moskvaga parvozlar yo‘nalishini o‘zgartirgani haqida yozgandi.

Shuningdek