«Kosmos-482» apparati O‘zbekiston hududiga qulaydimi

Sovet davrida uchirilgan «Kosmos-482» sayyoralararo kosmik apparatning yerga qulashi bilan bog‘liq xabarlarga Uzcosmos vakili javob berdi.
Ahror Agzamovga ko‘ra, 1972-yil 31-mart sanasida sobiq Sovet Ittifoqining «Venera» dasturi bo‘yicha «Kosmos-482» sayyoralararo kosmik apparati fazoga uchirilgan. Biroq raketa-tashuvchining yakuniy bosqichi muvaffaqiyatsiz ishlashi oqibatida u Yer orbitasida qolib ketgan.
Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, apparatning yerga qulashi 9 – 11-may kunlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.
«Kosmos-482″ning aniq qayerga qulashini aytish biroz mushkul. Uning O‘zbekiston hududiga tushishining ehtimoli esa hozircha 0,3-0,5% oralig‘ida baholanmoqda.
Apparatning katta qismi atmosferaga kirishi bilan yonib ketsa-da, Veneraning og‘ir sharoitlarida qo‘nish va ishlash uchun mo‘ljallangan yarim tonnaga (500 kg) yaqin massali titan shari alohida xavf tug‘dirishi mumkin.
Bo‘laklar topilgan taqdirda zudlik bilan rasmiylarga xabar berish lozim.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQSh Vakillar palatasining Fan, koinot va texnologiyalar qo‘mitasi NASAga Oyga moslashtirilgan vaqt tizimini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qullagani haqida yozgan edi.