O‘zbekiston harbiylari Moskvada o‘tkaziladigan paradda ishtirok etadi

eʼlon qilindi
Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuri Ushakov xabar berdi
O‘zbekiston harbiylari Moskvada o‘tkaziladigan paradda ishtirok etadi / Foto: President.uz

O‘zbekiston va yana 12 davlatning harbiylari Moskvada Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuri Ushakov xabar berdi.

Unga ko‘ra, paradda Markaziy Osiyo bilan birga Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarining harbiylari ham qatnashadi. Ushakov, shuningdek, Shimoliy Koreya askarlari ushbu tadbirda ishtirok etmasligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlatlarni Moskvaga harbiy yuborishdan tiyilishga chaqirgan edi.

«Bu, ayniqsa, Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuziga nisbatan neytral pozitsiya tutayotgan yoki xalqaro munosabatlarda neytral siyosat yuritayotgan davlatlar uchun muhim», – deb ta’kidlagan Ukraina vazirligi.

Vazirlikka ko‘ra, ushbu tadbirda ishtirok etish neytralitetni buzish hisoblanadi.

Shuningdek