«Tenge bank» reklama qonunchiligini buzganligi uchun jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
«Osongina onlayn mikroqarz – 50 million so‘mgacha beramiz» degan mazmundagi reklamasi uchun
«Tenge bank» reklama qonunchiligini buzganligi uchun jarimaga tortildi / Foto: Tenge bank

Raqobat qo‘mitasi tomonidan «Tenge bank»ka nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bunga sabab bank faoliyatida reklama qonunchiligi buzilgan holatlar aniqlangan.

Qo‘mita axborotiga ko‘ra, bank tomonidan «Tenge 24» ilovasi orqali «Osongina onlayn mikroqarz – 50 million so‘mgacha beramiz» degan mazmundagi reklama joylashtirilgan.

Ammo ushbu reklamalarda «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunning 43-moddasiga muvofiq taqdim etilishi lozim bo‘lgan muhim shartlar – mikroqarz yillik foizi, muddati va maksimal miqdori haqida ma’lumotlar ko‘rsatilmagan.

Mazkur qonunbuzarlik holati bo‘yicha bankka nisbatan moliyaviy jarima belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan banklarning yangi reytingi e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek