
Raqobat qo‘mitasi tomonidan «Tenge bank»ka nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bunga sabab bank faoliyatida reklama qonunchiligi buzilgan holatlar aniqlangan.
Qo‘mita axborotiga ko‘ra, bank tomonidan «Tenge 24» ilovasi orqali «Osongina onlayn mikroqarz – 50 million so‘mgacha beramiz» degan mazmundagi reklama joylashtirilgan.
Ammo ushbu reklamalarda «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunning 43-moddasiga muvofiq taqdim etilishi lozim bo‘lgan muhim shartlar – mikroqarz yillik foizi, muddati va maksimal miqdori haqida ma’lumotlar ko‘rsatilmagan.
Mazkur qonunbuzarlik holati bo‘yicha bankka nisbatan moliyaviy jarima belgilandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan banklarning yangi reytingi e’lon qilingani haqida yozgandi.