Tibbiyotda dual ta’limni to‘liq joriy etish yo‘li ochiladi

eʼlon qilindi
Oliygoh klinikalari o‘z balansiga o‘tkaziladi
Tibbiyotda dual ta’limni to‘liq joriy etish yo‘li ochiladi / Foto: serezniy / www.depositphotos.com

Prezident dual ta’limni to‘liq joriy qilish mumkin bo‘lgan eng maqbul soha tibbiyot ekanini ta’kidladi. Biroq tibbiyot oliygohlari qoshidagi klinikalar ularning balansida emasligi bu tizimni to‘liq yo‘lga qo‘yishga to‘sqinlik qilayotgani aytib o‘tildi.

Shu bois Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona va Urganch tibbiyot oliygohlariga moliyaviy mustaqillik beriladi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Urganchdagi tibbiyot oliygohlari klinikalari oliygohlar tarkibiga o‘tkaziladi.

Endilikda oliygohlarning tegishli kafedralari ushbu klinikalar bo‘limlaridagi davolash jarayonlarini boshqaradi. Klinik bazasi mavjud muassasalarni ta’mirlash va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash mas’uliyati ham oliygoh rektorlari zimmasiga yuklatiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Davolash yo‘llanmalari uchun 1,1 trln so‘m ajratilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek