UzAirways Toshkent – Moskva aviaqatnovi vaqti o‘zgardi

eʼlon qilindi
Samolyotning kechikib yetib kelgani sababli
UzAirways Toshkent – Moskva reysi vaqti o‘zgardi / Foto: Uzairways

2025-yil 7-may kuni HY601/602 (Toshkent – Moskva (Domodedovo) – Toshkent) reysi samolyotning kechikib yetib kelgani sababli yangilangan jadval asosida amalga oshiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkentdan jo‘nash vaqti soat 22:40 ga belgilangan bo‘lib, samolyot 8-may kuni soat 00:50 da Moskvaning Domodedovo aeroportiga yetib boradi.

Oradan qisqa fursat o‘tib, reys Domodedovodan 8-may soat 02:00 da qaytib uchadi va Toshkentga (mahalliy vaqt bilan) 07:45 da yetib keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways cheklovlar joriy qilinsa Hindiston va Pokistonga parvozlar qayta ko‘rib chiqilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek