«O‘zgidromet» shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
eʼlon qilindi

Joriy yilning 8 – 11-may kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisasi yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.
Sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hududlar:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 7-may kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.