8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

8-may kuni O‘zbekiston hududida havo, asosan, biroz bulutli bo‘ladi. Ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va shamol kuchayishi mumkin, deya yozmoqda «O‘zgidromet».
Toshkent shahrida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3–8 m/s, ba’zida 12–15 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 21–23°, kunduzi 33–35° atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 28–33°ni tashkil qiladi.
Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, harorat esa kechasi 15–20°, kunduzi 28–33° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo ochiq, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 17–22°, kunduzi 28–33° atrofida qayd etiladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand viloyatlarida kechga tomon ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7–12 m/s, ba’zida 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon ehtimoli bor. Harorat esa kechasi 18–23°, kunduzi 30–35°gacha bo‘lishi mumkin.
Sirdaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s. Harorat kechasi 18–23°, kunduzi 30–35°ni tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo ochiq. Ba’zi joylarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 20–25°, kunduzi 30–35° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17–22°, kunduzi 32–37° atrofini tashkil etadi.
Tog‘li hududlarida havo ochiq, shamol ba’zi joylarda kuchayadi. Harorat kechasi 12–17°, kunduzi 20–25° gacha bo‘ladi.