Avatr 2025-yilgi yangi modelini namoyish etdi

8-may 2025 09:45 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Avatr
Avatr 12 2025 modeli taqdim etildi / Foto: CarNewsChina

Avatr 2025-yilgi Avatr 12’ning yangilangan versiyasini rasman taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi.

Model endi EV (to‘liq elektr) va EREV (uzaytirilgan harakat doirasi) konfiguratsiyalarida oltita turdagi variant bilan taqdim etiladi. Narxlar 269,9 mingdan 429,9 ming yuangacha ($37,2 – $59,3 ming) oralig‘ida belgilangan bo‘lib, 31-maygacha chegirma va bonuslar mavjud.

Yangi Avatr 12 «Kelajak nafisligi» falsafasini davom ettiradi: kupega o‘xshash siluet, yashirin tutqichlar, elektr spoyler va tor orqa chiroqlar. Model 5020 mm uzunlik, 3020 mm g‘ildirak bazasi bilan ancha keng joy taklif etadi. Salonda 35,4 dyuymli 4K displey va Harmony OS asosidagi 15,6 dyuymli markaziy ekran mavjud. Har bir versiya isitiladigan, ventilyatsiyalangan, massajli o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Orqa yo‘lovchilarga esa 1 metrlik oyoq uchun bo‘sh joy va suzuvchi ekran taqdim etiladi.

Foto: CarNewsChina

Yangi Avatr 12 aqlli haydash uchun Huawei ADS 3.0 tizimi va uchta uzoq masofali LiDAR sensor bilan ta’minlangan. Bu tizim 300° gorizontal ko‘rish burchagi, to‘liq AEB, parkovkada yordam va to‘qnashuvdan himoya funksiyalarini taqdim etadi. Jami 29 ta sensor avtomobilning xavfsizlik darajasini keskin oshiradi.

Texnik jihatlar

  • 800V platforma, tez zaryadni qo‘llab-quvvatlaydi
  • To‘liq g‘ildirakli model: 439 ot kuchi, 687 N·m moment, 0–100 km/soat – 3,8 soniya
  • Sof elektr versiya: 755 km CLTC diapazon
  • EREV versiyasi: 245 km EV + 1155 km umumiy masofa
  • Boshqa opsiyalar: 21 dyuymli g‘ildiraklar, 25 karnayli Meridian audio, aqlli eshik tizimi

Foto: CarNewsChina

Avatr 12 allaqachon 2025-yil boshidan beri 5220 dona sotilgan. Bu yangilanish savdoni yanada jonlantirishga qaratilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi Audi Q5L taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek