
Bugun, 8-may kuni barcha xodimlar ish vaqtidan bir soat oldin ketish huquqiga ega. Ertaga 9-may respublika bo‘ylab Xotira va qadrlash kuni bayram sifatida nishonlanadi. Bu haqda Bandlik vazirligi xabar berdi.
Shu munosabat bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket uch kun dam oladi. Unga ko‘ra, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan.
Shu sababli, 10-may – shanba kuni faqat 5 kunlik ish haftasiga amal qiluvchilar uchun dam olish bo‘lsa, 6 kunlik ish rejimidagilar odatdagidek ishlaydi. 11-may, yakshanba esa barcha uchun umumiy dam olish kuni hisoblanadi.
Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Bayramdan oldingi kuni ishning davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 9-may munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi haqida yozgandi.