Avto

BYD Sealion 07 DM-i global bozorga taqdim etildi

$23,5 ming narx bilan
BYD Sealion 07 DM-i
BYD Sealion 07 DM-i global bozorga taqdim etildi / Foto: CarNewsChina

Xitoyning BYD kompaniyasi Sealion 07 DM-i’ni 169 ming yuandan (taxminan $23,5 ming) boshlab sotuvga chiqardi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi.

Yangi model Tesla Model Y, Li Auto L6 va Toyota Highlander kabi mashhur avtomobillar bilan raqobatlasha oladi.

Sealion 07 DM-i uchta to‘liq plagin gibrid konfiguratsiyada taqdim etilmoqda:

  • 150 Pilot rusumi – 169 800 yuan ($23,5 ming)
  • 150 Pilot Plus rusumi – 179 800 yuan ($24,8 ming)
  • 135 Performance Radar rusumi – 205 800 yuan ($28,4 ming)

Barcha modellar BYD’ning beshinchi avlod DM gibrid tizimiga ega bo‘lib, 150 km gacha sof elektr yurish masofasini, umumiy hisobda esa 1320 km gacha zaxira yurish imkoniyatini taklif qiladi. Yonilg‘i sarfi atigi 4,7 l/100 km.

Foto: CarNewsChina

Texnologik ustunlik jihatidan avtomobil «Ling Yuan» dron tizimi, DiPilot 100 va 300 haydovchiga yordam tizimlari, 26 dyuymli AR ekran va 15,6 dyuymli aylanadigan multimedia sensorli ekrani bilan ajralib turadi. Massajli old o‘rindiqlar, ikki zonali muzlatkich, Dynaudio audiosistemi kabi qulayliklar mavjud.

Quvvatli gibrid tizim 0 – 100 km/soatga 7,9 soniyada tezlashish imkonini beradi. 200 kVt old va 150 kVt orqa elektr motorlar BYD’ning Yun-C amortizatsiya tizimi bilan uyg‘un ishlaydi.

4880 mm uzunlikdagi Sealion 07 DM-i zamonaviy dizayn, keng 645 litrli yukxonasi va ilg‘or xavfsizlik texnologiyalari bilan ajralib turadi. Hozircha faqat Xitoy bozorida mavjud, biroq tez orada Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va Avstraliya bozorlariga ham chiqarilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD Sealion modelining narxi ma’lum qilingani haqida xabar bergan edi.