Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 8-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 880,35 so‘mni tashkil etib, oldingi kun bilan solishtirganda 29,80 so‘mga pasaydi.
Dollar kursi haftani pasayishda davom ettirdi: 7-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 910,15 so‘mni tashkil etib, 14,77 so‘mga tushdi. 6-may kuni esa o‘rtacha kurs 12 924,92 so‘mni tashkil etib, 13,09 so‘mga pasaydi. 5-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 938,01 so‘mni tashkil etib, 2-may bilan solishtirganda 22,94 so‘mga oshgan edi.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra yevro 125,30 soʻmga pasayib, 14 535,47 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 3,10 soʻmga tushib, 156,68 soʻmga teng boʻldi.
Mamlakatdagi tijorat banklari 8-may kuni bir AQSh dollarini 12 820 – 12 900 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 915 – 12 975 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.