Federal zaxira tizimi uchinchi marta asosiy stavkani saqlab qoldi

eʼlon qilindi
Ekspertlarning fikricha, kelajakda regulyator stavkani pasaytirishi mumkin
Фото: Unsplash

AQSH Federal zaxira tizimi (FZT) uchinchi marta asosiy stavkani yillik 4,25%-4,5% darajasida saqlab qoldi, deyiladi regulyator bayonotida.

«Ishsizlik darajasi so‘nggi oylarda past darajada barqarorlashdi, mehnat bozoridagi sharoitlar barqarorligicha qolmoqda. Inflyatsiya biroz yuqoriligicha qolmoqda», – deyiladi bayonotda.

Reuters agentligi bilan suhbatlashgan ekspertlarning fikricha, bu yil Federal zaxira tizimi asosiy stavkani pasaytirish yo‘lidan borishi mumkin. Barclays esa regulyator iyulgacha stavkani pasaytirmasligini kutmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq FZT ishidan norozilik bildirgan edi. Uning fikricha, departament rahbari Jerom Pauell asosiy stavkani doimiy ravishda oshirib kelgan, bu esa Amerika rahbarining g‘ashiga teggan.

Shuningdek, Tramp Pauellni ishdan bo‘shatishni rejalashtirayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq Oq uy rahbari bu xabarlarni rad etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Pauellni tanqid qildi, AQSh fond bozori va dollarga bosim kuchaygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek