
2025-yilning yanvar – aprel oylarida O‘zbekiston hududlariga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 241 ta avtobus va 113 ta mikroavtobus keltirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Eng ko‘p avtobuslar Farg‘ona, Jizzax va Samarqand viloyatlariga topshirildi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, hududlardagi tashuvchilar parki 700 ta avtobus va 530 ta mikroavtobusdan iborat.
Natijada 113 ta yangi yo‘nalish ochildi. 48 ta avtobus yo‘nalishi yalpi shartnomalarga o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Farg‘onaga 24 ta «Zong Tong» va «Asia Star» avtobuslari yetkazib berilgani haqida yozgan edi.