
O‘zbekistonda Tashkent Tech texnika universiteti ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Telegram kanalida ma’lum qildi.
«Strategik vazifamiz yuksak xalqaro standartlarga mos yangi avlod universitetini yaratishdir. Biz zamonaviy mehnat bozorining eng yuqori talablariga javob beradigan muhandislar yetishib chiqadigan ekotizimni shakllantiramiz», — dedi Mirziyoyeva.
Unga ko‘ra, universitetda yuqori malakali muhandislar tayyorlanadi. Toshkent davlat texnika universiteti negizida Tashkent Tech ishga tushiriladi. Uning ochilishiga Boston Consulting Group konsalting kompaniyasi yordam beradi.
Universitet O‘zbekistonning texnologik suvereniteti va sanoatini rivojlantirishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashkent Techni ochishga ko‘rsatma bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatilgani haqida yozgan edi.