Avto

Renault Grand Koleos xalqaro bozorga chiqmoqda

Dastlabki 894 dona avtomobil Meksika va Kolumbiyaga eksport qilindi
Renault Grand Koleos
Renault Grand Koleos xalqaro bozorga chiqmoqda/ Foto: Renault

Renault Koreya o‘zining yangi o‘rta o‘lchamli Renault Grand Koleos krossoverini xalqaro bozorga chiqardi. Bu haqda 32cars nashri ma’lum qildi.

Dastlabki 894 dona avtomobil Meksika va Kolumbiyaga eksport qilindi, bu kompaniyaning Lotin Amerikasi va boshqa mintaqalardagi faoliyatini kengaytirish rejasining bir qismi hisoblanadi.

Grand Koleos – Renault’ning «Xalqaro o‘yin rejasi» strategiyasi doirasidagi asosiy modellardan biri bo‘lib, u Braziliya, Urugvay, Panama va kelgusida Yaqin Sharq hamda Afrika bozorlariga ham yetkazilishi kutilmoqda.

Modelning eng kuchli jihatlaridan biri bu – xavfsizlik: u 2024-yilgi KNCAP testlarida eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, Grand Koleos zamonaviy dizayn, ishonchli texnika va qulaylikni birlashtirib, uni 2025-yil uchun oilaviy va sayohatbop SUV sifatida jozibador tanlovga aylantiradi.

Avtomobil Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi zavodda yig‘iladi va ichki bozordagi muvaffaqiyatdan so‘ng endi xalqaro miqyosga chiqmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nissan Qashqaiʼning keyingi avlodi toʻliq elektromobil boʻlishi haqida xabar bergan edi.