RFBda «Maroqand» va «Humans Companies» aksiyalari savdosi qayta boshlandi

8-maydan boshlab «Maroqand» va «Humans Companies» aksiyalari «Toshkent» Respublika fond birjasida (RFB) yana savdoga chiqarildi. Bu haqdagi bayonot savdo platformasi veb-saytida e’lon qilindi.
Fond birjasi joriy yilning fevral oyida ularning aksiyalari savdosini to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil sentabr oyida Markaziy bank «Maroqand» to‘lov tizimining litsenziyasini olti oyga to‘xtatib qo‘ygan edi. Markaziy bankning o‘sha paytdagi rahbari Mamarizo Nurmuratovning so‘zlariga ko‘ra, bunga bukmeker idoralariga pul o‘tkazmalari sabab bo‘lgan.
Joriy yilning mart oyi oxirida regulyator «Maroqand»ga ayrim turdagi to‘lov xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Kvars» aksiyalari bir hafta ichida 7,4 foizga qimmatlashgani haqida yozgan edi.