Savdo-sanoat palatasi raisi Korporativ sport assotsiatsiyasi rahbari bo‘ldi
eʼlon qilindi
Davron Vahobov

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) raisi Davron Vahobov Korporativ sport assotsiatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur assotsiatsiya 2024-yil 4-dekabrda prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, kompaniyalarda sport va jismoniy faollikni targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan.
Davron Vahobov 2022-yil mart oyidan beri SSPga rahbarlik qilib kelgan. Endilikda u korxonalar va tashkilotlarda sport dasturlarini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Humo’ning sobiq rahbari TBC raisi maslahatchisi bo‘lgani haqida yozgandi.