Tezlik, samaradorlik, shaffoflik

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
CRPT TURON bosh direktori Anatoliy Bachikalov raqamli markirovkalash tizimi O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda qanday samarali vosita bo‘lib xizmat qilayotganini tushuntirib berdi
CRPT TURON bosh direktori Anatoliy Bachikalov

O‘zbekistonda majburiy markirovkalash tizimi joriy etilganiga uch yilga yaqin vaqt o‘tdi. Shu vaqt mobaynida tizim tamaki mahsulotlaridan tortib, dorilargacha bo‘lgan bir qancha muhim tovar guruhlarini qamrab oldi. Kursiv Research CRPT TURON bosh direktori Anatoliy Bachikalov bilan suhbatda biznes qanday qiyinchiliklarga duch kelgani, nega markirovka davlat ahamiyatida qolayotgani va bugungi kunga kelib qanday natijalarga erishilgani haqida suhbatlashdi.

Markirovkalash jarayonining boshlanishi

— Anatoliy Viktorovich, oltita tovar guruhida majburiy markirovkalash joriy etilganiga ham uch yilga yaqin vaqt o‘tdi. Shu davrda biznes bu yangilikni qanday qabul qilgani haqida sozlab bersangiz?

— Korxonalar ishlab chiqarish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi, ammo dastlab bu zaruratning mohiyatini ko‘pchilik yetarlicha anglamagan. Bu jarayonda tamaki drayver bo‘ldi. Tamaki kompaniyalari o‘zgarishlarning maqsadini aniq anglagan edi, chunki bozorda kontrafakt mahsulotlar ulushi yuqori edi. Kompaniyalar butun jarayonni o‘zlari boshqardi. O‘zbekistonda markirovkalash aynan tamaki mahsulotlaridan boshlangan va bu majburiy markirovkaga tushgan birinchi tovar guruhi bo‘lgan. Masalan, Rossiyada tamaki mahsulotlari allaqachon markirovkalangan edi. O‘zbekistonda esa tamaki kompaniyalari bu jarayonga ma’naviy va texnologik jihatdan tayyor edi. Davlat mahsulotning qayerda markirovkalangani yoki markirovkalanmagani asosida nazoratni kuchaytirib, kontrafakt mahsulotlarni aniqlash, olib qo‘yish va ularning bozordagi ulushini kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bu borada bizga omad kulib boqqanini aytish mumkin — hammasi muvaffaqiyatli amalga oshdi. Masalan, Koreyaning mashhur ishlab chiqaruvchisi ESSE kompaniyasi ilgari O‘zbekistonga o‘z sigaretlarini rasman yetkazib bermagan. Shunga qaramay, Toshkent bozorida bu mahsulotlar keng tarqalgan edi. Markirovkalash joriy etilganiga ikki yil bo‘ldi. Bu davrda bozor asta-sekin «tozalana» boshlandi. Natijada ESSE kompaniyasi qonuniy ishlab chiqarish va rasmiy tarzda bozorda ishtirok etish qaroriga keldi. Hozirda kompaniya Qozog‘istonda zavod qurilishiga sarmoya kiritmoqda. Mahsulotlar esa Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) doirasida tovarlarning erkin harakatlanishi tamoyiliga ko‘ra, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa ittifoq davlatlari bozorlariga qonuniy ravishda yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Albatta, kontrafakt mahsulotlar darajasi hanuzgacha butunlay yo‘qolgan emas, biroq ularga qarshi kurashishda samarali vositalar mavjud. Ilgari aksiz markasini soxtalashtirib, qutiga yopishtirish va mahsulotni qonuniy sigaret sifatida sotish mumkin edi. Hozir esa markirovka har bir sigaret qutisining qonuniy yoki noqonuniy ekanini aniq ajratishga yordam beradi.

Tovarlarni «soyadan» chiqarish boyicha davlat strategiyasi

— Anatoliy Viktorovich, nega tovarlarni raqamli markirovkalash loyihasiga katta ahamiyat berilayotganini ayta olasizmi?

— O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning ulushi sezilarli darajada yuqori bo‘lib, taxminan 50 foizni tashkil etadi. Bu holatni kamaytirishga bo‘lgan ehtiyoj kuchli. Shu sababli raqamli markirovkalash loyihasi doirasida avvalo «soyada» muomalada bo‘lgan mahsulot turlari — aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlar, ichimlik va farmatsevtika bozori ustuvor yo‘nalish sifatida tanlab olindi.

Bugun bu islohotlar ilk natijalarini bera boshladi. 2024-yilda aksiz tushumlari sezilarli darajada oshdi, bu tamaki mahsulotlari bozorining qonuniylashishi va yashirin savdoning qisqarishi bilan izohlanadi. Shuningdek, alkogol segmentida ham izchil ishlar olib borilmoqda. Kuzatuv tizimi faol ishlayapti, Soliq qo‘mitasi esa bu jarayonga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu bois tovarlarni raqamli markirovkalashga davlat darajasida ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bu mexanizm yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda samarali vositaga aylanyapti.

Nazoratga munosabat: bozorda nima ozgarmoqda

— Markirovkaning joriy etilishiga qanday qaraysiz, qiyinchiliklar ortda qoldimi?

— Nafaqat yashirin iqtisodiyotni, balki inson salomatligini ham ta’kidlash juda muhim. Bunga yaxshi misol keltirish mumkin. O‘zbekistonda markirovkalash jarayoni boshlanishidan oldin dori vositalariga 33 mingta ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berilgan edi. Biroq markirovkalash allaqachon joriy etilgan qo‘shni mamlakatlarda, masalan, Rossiya Federatsiyasida bunday preparatlar soni 16 mingdan oshmagan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari soni 13 mingga yaqin bo‘lib, ularning barchasi markirovka qilinmoqda. Qolgan barcha dorilar noqonuniy bo‘lib, bozordan chiqishga majbur bo‘lmoqda.

— Markirovka joriy etilishi noqonuniy bozorga qanday tasir korsatdi?

— Men yaxshi ko‘radigan ajoyib misol bor — bu Toshkentning Chimkentga yaqinligi. 2018-yilda O‘zbekistonga kelganimda ayrim daryolar va chegaralarni qanday kesib o‘tgani aniq bo‘lmagan Chimkent pivosi katta miqdorda Toshkent bozorida bemalol sotilardi. Bu mahsulotlar shunchalik ko‘p ediki, ularning bu yerga qanday kelgani haqida faqat taxmin qilish mumkin edi. Biroq pivoni majburiy markirovkalash joriy etilgach, vaziyat keskin o‘zgardi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar soni birdaniga 30 foizdan ko‘proqqa oshdi. Bu esa aynan ushbu mahsulotlarning noqonuniy aylanmasi kamaygani hisobiga sodir bo‘ldi.

— 2021-yilda raqamli markirovkalash tizimi uchun Asl Belgisi ilovasi ishga tushirildi. Ilova fuqarolik nazoratining qanchalik talabgir va samarali vositasi bolib chiqdi?

— Bugungi kunga kelib, mobil ilova foydalanuvchilari soni 300 mingga yaqin. Albatta, biz ilovaning yanada keng tarqalishini istaymiz. Sababi bu odamlarning dorixonalarda haqiqiy va qalbaki dorilarni farqlay olishi bilan bog‘liq. Umid qilamizki, yaqin orada foydalanuvchilar soni sezilarli darajada ortadi.

Shuningdek, biz Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda o‘z ilovasiga ega bo‘lgan Davlat soliq qo‘mitasi bilan yaqin hamkorlik qilmoqdamiz. Ular bilan API orqali ma’lumot almashmoqdamiz. Odamlar mahsulotlarni faqat Asl Belgisi ilovasi orqali emas, balki hamkorlarning ilovalari orqali ham tekshirishi mumkinligini tushunib yetishlari zarur. Bu esa nazorat tizimini yanada samarali qiladi.

— 2025-yil boshida tovarlarni markirovkalashda qanday ishlar amalga oshirildi?

— Aksiz to‘lanadigan mahsulotlar segmentida guruhli qadoqlashning joriy etilishi 2025-yil boshidagi eng muhim yangiliklardan biri bo‘ldi. Ushbu yondashuv biznes uchun mahsulotni donalab emas, balki o‘ram holida sotish imkonini yaratdi. Endi kassada har bir shishani alohida skanerlash shart emas, butun o‘ramni bir marta skanerlash kifoya. Bu esa savdo jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi va mahsulotni tezda muomalaga chiqarish imkonini beradi.

Ikkinchi muhim yangilik esa 1-martdan boshlab biologik faol qo‘shimchalarni (BFQ) ixtiyoriy ravishda markirovkalash loyihasining ishga tushirilganidir. 17 tadan ortiq ishlab chiqaruvchilar ushbu jarayonni imkon qadar tezroq boshlashni so‘rab murojaat qilishdi. Ularning fikricha, O‘zbekiston bozorida qalbaki qo‘shimchalarning ulushi 70 foizga yetishi mumkin. Ishonchim komilki, markirovka orqali biz bu muammoni hal etishga erishamiz.

Shuningdek