Vatikan yangi Papaning saylanganini e’lon qildi

2025-yil 8-may kuni Vatikan shahrida bo‘lib o‘tgan Konklav yig‘ilishi AQShlik kardinal Robert Frensis Prevost 267-papa sifatida saylandi. Endilikda u Papa Leo XIV nomi bilan taniladi. Bu haqda CNN ma’lum qildi.

69 yoshli Papa Leo XIV Chikagodan bo‘lib, ilk bor AQShdan chiqqan papa sifatida tarixga kirdi. U uzoq yillar Janubiy Amerikada, ayniqsa, Peru shahrida missionerlik faoliyati bilan shug‘ullangan. Shuningdek, u Vatikanning yepiskop tayinlash bo‘yicha muhim idorasini boshqargan.

Hozirda Vatikan davlat xavfsizlik xizmati va diplomatik korpusi tomonidan zaruriy protokol choralari amalga oshirilmoqda. Yangi saylangan Papa tez orada omma oldida chiqish qilib, o‘zining papalik nomini e’lon qilishi va xalqqa ilk marotaba murojaat yo‘llaydi.

Avvalroq an’anaviy tartibga muvofiq, saylov natijalarining tasdiqlanishidan so‘ng Muqaddas Pyotr bazilikasining bacone centrale (markaziy balkoni)dan oq tutun chiqarildi. Bu esa papa saylovlari muvaffaqiyatli yakunlanganini bildiruvchi rasmiy ishora hisoblanadi.

Mazkur voqea global miqyosda muhim ahamiyat kasb etadi. Papa Rim – katolik cherkovining eng oliy diniy rahbari sifatida nafaqat diniy, balki ijtimoiy va madaniy yo‘nalishlarda ham keng ta’sir doirasiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, yangi papa o‘z faoliyatida avvalgi Papa Fransisk boshlagan islohotlarni davom ettirishi kutilmoqda. U avvalroq shunday degan edi:
«Men hali ham o‘zimni missioner deb bilaman. Har bir nasroniyning vazifasi – qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, Xushxabarni targ‘ib qilishdir».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Papa Fransisk bilan vidolashuv marosimi qanday oʻtgani haqida fotoreportaj joylagan edik.